Eron terma jamoasi murabbiyi JCH-2026 starti oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 13:00
  • 288
  • 30

Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoi Shimoliy Amerikada o‘tkazilayotgan Jahon chempionati – 2026 starti oldidan jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

«Eronni Jahon chempionatida ekanligidan faxrlanaman. Futbol barchaga faqat ijobiy tuyg‘ular taqdim etishiga va insonlarni bir-biriga yaqinlashtirishiga umid qilamiz. Mamlakatga kirish (viza olish) bilan bog‘liq muayyan muammolarga duch keldik, biroq shunga qaramay, bu yerda ekanligimizdan xursandmiz. Biz qiyin vaziyatlardan foyda chiqarishni bilamiz. Hozir bor e’tiborimiz va fikru xayolimiz faqat futbol bilan band», — deya mutaxassisning so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ben Jeykobs ma’lum qildi.

Mundialning guruh bosqichida Eron terma jamoasiga Misr, Belgiya va Yangi Zelandiya terma jamoalari raqiblik qiladi.

Ўхшаш янгиликлар