Shvesiyalik yarim himoyachi Tunis darvozasiga urgan golini nishonlamadi — sabab ma’lum

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 12:55
  • 30
  • 30

Shvesiya terma jamoasi yarim himoyachisi Yasin Ayari Jahon chempionati – 2026 guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Tunis terma jamoasiga qarshi bahsdagi ilk golini nishonlamadi.

Bunga yarim himoyachining otasi asli tunislik ekani sabab bo‘lgan. Yasin o‘zini shunday tutish orqali o‘zining tarixiy vataniga bo‘lgan hurmatini namoyish etdi va golga juda vazmin munosabat bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Shvesiya va Tunis terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv skandinaviyaliklarning 5:1 hisobidagi yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng shvedlar 3 ochko jamg‘arib, o‘z kvartetlarida birinchi o‘rinni egallab turishibdi. Musobaqadagi navbatdagi o‘yinda Skandinaviya jamoasi Niderlandiya milliy terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар