
Shvesiya terma jamoasi yarim himoyachisi Mattias Svanberg 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichidan o‘rin olgan Tunisga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushganidan so‘ng, atigi 17 soniya o‘tib raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
O‘sha vaziyatda shvedlar foydasiga hisob 4:1 ko‘rinishini olgan edi. Keyinchalik afrikaliklar darvozasiga yana bir gol kiritildi.
Svanbergning ushbu goli Jahon chempionatlari tarixida zaxiradan tushgan futbolchilar ichida eng tezkori bo‘la olmadi. Bu boradagi rekord urugvaylik Richard Moralesga tegishli bo‘lib, u 2002 yilgi mundialda Svanbergga qaraganda bir soniyaroq tezroq (16 soniyada) gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Uchrashuvning yakuniy natijasi — 5:1 hisobida Shvesiya g‘alaba qozondi va 1-turdan so‘ng «F» guruhida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Ushbu kvartetning ikkinchi o‘yinida Niderlandiya va Yaponiya terma jamoalari o‘zaro ochko bo‘lishib olishdi (2:2).