Fransiya terma jamoasining uch yulduziga tushlik vaqtida alohida joy ajratildi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 13:00
  • 24
  • 30

Fransiya milliy terma jamoasining uch nafar futbolchisi jamoaviy tushlik vaqtida stolning to‘ridan (bosh qismidan) joy egallashadi. Bu haqda jamoa yarim himoyachisi Rayan Sherki oshxonadan olgan videolavhalar darak bermoqda.

Qolganlardan alohida, stol to‘rida Kilian Mbappe, Maykl Olise va Usmon Dembele o‘tirishadi. Sherkining ushbu «reportaji» vaqtida stolda faqatgina Olise bo‘lgan.

Bundan avvalroq Sherki yarim himoyachi N'Golo Kantening nima bilan tushlik qilayotganini ko‘rsatib, uning taomi tarkibi ustidan hazillashgan edi.

16 iyun kuni Fransiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini Senegalga qarshi bahs bilan boshlaydi. Keyinchalik Didye Deshama shogirdlari pley-off yo‘llanmasi uchun Norvegiya va Iroq terma jamoalariga qarshi maydonga tushadilar.

Ўхшаш янгиликлар