Ispaniya bosh murabbiyi Yamal bo‘yicha bayonot berdi

  • Mr.NoBoDy 13.06.2026 13:22
  • 423
  • 30

Ispaniya terma jamoasi ustozi Luis de la Fuente Jahon chempionati — 2026 starti oldidan Kataloniyaning «Barselona» klubi 18 yoshli yulduzi Lamin Yamalning holatiga baho berdi.

«U rejada ko‘rsatilganidan tezroq sog‘aymoqda. Kundan-kunga Laminning ahvoli yaxshilanib bormoqda. O‘ylaymanki, Yamal mundialdagi ilk uchrashuvgacha optimal sport formasiga kirib ulguradi», — deya bosh murabbiyning so‘zlarini keltiradi Marca gazetasi.

Guruh bosqichining birinchi bahsida «qizil furiya»ga Kabo-Verde terma jamoasi raqiblik qiladi. Ushbu uchrashuv 15 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi Jahon chempioni Argentina milliy terma jamoasi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар