Lineker Yamalni to‘xtata olgan yagona himoyachini aytdi

  • Mr.NoBoDy 15.06.2026 12:44
  • 220
  • 30

Angliyalik sobiq futbolchi, hozirda esa ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Gari Lineker «Nyukasl» laterali Lyuis Xollning Angliya terma jamoasining JCH-2026 uchun yakuniy qaydnomasiga kiritilmaganiga o‘z munosabatini bildirdi.

«Angliya terma jamoasi tarkibida Lyuisni ko‘rmaganimdan hayratda qoldim. Agar jamoa jahon chempioni bo‘lsa, bu qarorning ahamiyati qolmaydi, albatta. Biroq baribir Xollning qaydnomadan tashqarida qolganini tushinish qiyin. U klubda ajoyib mavsumni o‘tkazdi. Lyuis Lamin Yamalga qarshi munosib o‘ynab, uni to‘xtata olgan yagona himoyachi edi», — deya Linekerning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel qo‘l ostidagi Angliya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 17 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.

Ўхшаш янгиликлар