Joze Mourinyu Ibraima Konatening "Real"ga o'tishini maqulladi

  • Mr.NoBoDy 03.06.2026 11:40
  • 684
  • 30

"Cadena SER" xabariga ko'ra, "Real" jamoasining bo'lajak bosh murabbiyi Joze Mourinyu erkin agent sifatida "Liverpul"ni tark etgan markaziy himoyachi Ibraima Konatening madridliklar safiga o'tishini maqulladi.

David Alabaning ketishi hamda Antonio Ryudiger va Eder Militaodagi tez-tez uchraydigan jarohatlar sababli, 27 yoshli fransiyalik futbolchi "Real" uchun transfyerda ustuvor maqsad hisoblanadi.
Agar transfer amalga oshsa, Konate jamoaning eng ko'p maosh oluvchi o'yinchilari qatoriga kirmaydi – uning ish haqi Trent Aleksander-Arnold darajasida bo'lishi kutilmoqda.
Agar Florentino Peres prezidentlik saylovlarida qayta saylansa, "Madrid" klubi Konate bilan "4+1" sxemasi bo'yicha shartnoma imzolashi rejalashtirilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar