
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yarim himoyachi Elliot Andersonning «Nottingem Forest»dan «Manchester Siti»ga kutilayotgan o‘tishi haqida o‘z fikrini bildirdi.
«Haqiqat shundaki, transferlar amalga oshiriladi, yirik transferlar esa vaqt talab etadi. Biz jarayonlar to‘xtab qolmasligini tushunamiz. Ushbu kelishuvga ko‘maklashamiz, ammo Panamaga qarshi o‘yindan keyin, undan oldin emas», — dedi Tuxel.
28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 02:00 da JCH-2026 guruh bosqichi so‘nggi turidan o‘rin olgan Angliya va Panama terma jamoalari o‘rtasidagi bahs bo‘lib o‘tadi.