Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi: «Ronaldudan nima kutishni bilamiz»

  • Mr.NoBoDy 27.06.2026 06:22
  • 514
  • 30

Kolumbiya terma jamoasi himoyachisi Jon Lukumi Krishtianu Ronaldu va Portugaliya terma jamoasiga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. «K» guruhida birinchi o‘rin uchun bahs 28 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 04:30 da bo‘lib o‘tadi.

«Krishtianu jahon futbolining eng buyuk afsonalari qatoriga kiradi. Barchamiz uning qanday futbolchi ekanligini juda yaxshi bilamiz, ammo Portugaliya terma jamoasi faqat Ronaldudan iborat emas. Ularda har bir pozisiyada iqtidorli o‘yinchilari bo‘lgan ajoyib jamoa va juda yaxshi murabbiy bor», — dedi Lukumi matbuot anjumanida.

Kolumbiya ikki turdan keyin olti ochko jamg‘argan holda guruhda peshqadamlik qilmoqda. Portugaliya to‘rt ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar