
Milan klubi matbuot xizmatining ma'lumotiga ko'ra, bugun futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tgan va uning chap oyog'ida jarohat aniqlangan. Uning holatiga yaqin kunlarda yakuniy baho beriladi.
Nikolo Skiraning ma'lumotiga qaraganda, A Seriyaning mavsumdagi eng yaxshi to'purarida 15-20 kun safdan chiqish havfi bor.
Ushbu mavsumda argentinalik forvard A Seriyaning 26 o'yinida qatnashib, 16 gol va 4 assist qayd etdi.