Ilhom Mo'minjonov: "Hayot to'xtab qolmaydi, chempionat endi boshlandi"

  • Mr.NoBoDy 10.04.2026 21:40
  • 97
  • 30

Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Respublika FA" (1:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov fikrlarini bildirdi.

"Bugungi o'yin haqida fikr bildiradigan bo'lsam, 3 ochkoni qo'ldan boy berdik. 2-tur, o'z maydonimizdagi ochilish bahsida g'alaba qozonishimiz shart edi. Bir qancha xavfli vaziyatlardan foydalana olmadik, yarim himoyachilarimiz kerakli nuqtadan uradigan pallada pas o'ynashdi. Raqib jamoani bir ochko bilan tabriklayman. Hayot to'xtab qolmaydi. Chempionat endi boshlandi. Buyog'iga yanada astoydil ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - Superligaga chiqish. Rahbariyat oldimizga faqat shu vazifani qo'ygan. ",- deydi Ilhom Mo'minjonov.

- Ikkinchi bo'limda hujumda palapartishlik yuzaga kelganiga nima sabab bo'ldi?
- Sababi shoshildik. Futbolchilar tezroq gol urishni istadi. Umuman olganda tajribali futbolchilar. O'yinni qo'limizga oldik. Ko'p uzatmalar bilan ishladik, lekin vaziyatlarimizdan foydalanishda oqsadik. O'yinni ko'rib chiqqan holda keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Raqibning qaysi jihatlari sizda ijobiy taassurot qoldirdi?
- Ularni bilar edik, tezkor, epchil. Barchasi 19-18-17 yoshdagi futbolchilar. O'zlarining tezligi bilan yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Murabbiysi ham yaxshi taassurot qoldirdi. Bekorga terma jamoalarda ishlamagan. Himoyani yorib o'tdik ammo gol ura olmadik.

- Keyingi o'yin haqida...
- "TerDU" jamoasiga kelsak, uyda o'ynaymiz. Bu raqibga qarshi ham g'alaba uchun maydonga chiqamiz. Boshqa yo'limiz yo'q.

Ўхшаш янгиликлар