
"TEAMtalk" nashri "Liverpul" bu yozda italiyalik futbolchini sotib olishga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi. Davogarlar qatorida "Barselona" va "Nyukasl" ham bor.
O'ng qanot himoyachisi sifatida o'ynaydigan, ammo chap qanotda ham samarali to'p tepa oladigan 21 yoshli italiyalik hozirda "Kalyari"da ijarada o'ynamoqda.
Bu mavsumdagi o'yinlari, jumladan, barqarorligi, hujumkorligi va himoyadagi mustahkamligi uning transfer bozoridagi mavqeini oshirdi.
Manbalarning takidlashicha, Bergamo klubi o'z tarbiyalanuvchisini kamida 45 million evroga baholaydi va uni uzoq muddatli aktiv yoki foydali savdo sifatida ko'radi.