
"El Nacional" xabariga ko'ra, Kataloniya klubi hujumchiga joriy mavsum tugaganidan keyin sotishi haqida rasman xabar berdi. Futbolchi "ko'k-anorranglilar"ning rivojlanish rejalariga kiritilmagan. Bu Torresning o'yinidagi pasayish bilan bog'liq. "Nyukasl", "Aston Villa" va "Tottenxem" hujumchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. "Barselona" u uchun 35 million evro so'ramoqda.
26 yoshli futbolchi joriy mavsum "Barselona" safida 42 o'yinda ishtirok etib, 16 ta to'p kiritdi va 1 ta golli pas uzatdi. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan.