
Bekobodda yangi futbol mavsumining tantanali ochilish bayrami hamda "Metallurg" - Respublika FA uchrashuvi bo'lib o'tadi.
Bellashuv Bekobod shahridagi "Metallurg" markaziy stadionida bo'lib o'tadi va soat 18:00da start oladi.
O'yindan avval soat 16:30dan boshlab stadionda katta bayram va koncert dasturi o'tkaziladi.
Koncert dasturida taniqli estrada vakillari "Bojalar" guruhi, Suhrob Hamdamov hamda el suygan sanatkorlar o'zlarining qo'shiqlari bilan barchani xushnud etishadi.