Gvardiola sardorga o'rinbosar topdimi? "Manchester Siti" "Vest Xem" istedodiga ko'z tikdi

  • Mr.NoBoDy 09.04.2026 17:32
  • 642
  • 30

"Vest Xem" yarim himoyachisi Mateush Fernandesh yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.

21 yoshli futbolchiga qiziqish ortib bormoqda va so'nggi xabarlarga ko'ra, "Manchester Siti" u uchun kurashga qo'shildi.

"Football Insider"ning xabar berishicha, futbolchiga e'tibor uning Portugaliya terma jamoasidagi debyutidan va bu mavsumdagi o'yinlaridan keyin kuchaygan.

2.jpg

"Vest Xem"dagi vaziyat futbolchining kelajagiga ham ta’sir qilishi mumkin. Klub Premer-ligadagi o'rnini saqlab qolish uchun kurashmoqda va yakuniy natijadan qati nazar rahbariyat bir qator futbolchilarni sotishni ko'rib chiqishi mumkin. Fernandesh kyetish uchun asosiy nomzodlar qatorida.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yarim himoyasini kuchaytirishga qiziqish bildirmoqda, ayniqsa, tarkibdagi o'zgarishlar, jumladan, asosiy o'yinchisi Bernardu Silvaning kyetishi ehtimoli hisobga olinsa.

"Manchester Siti" hozirda Angliya chempionati jadvalida 30 o'yindan so'ng yetakchidan 9 ochko ortda borgan holda 2-o'rinda turibdi.

Ўхшаш янгиликлар