
"Real" rahbariyati Andrey Luninga ishonch bildirishda davom etmoqda va ukrainalik darvozabon uchun kelgan bir nechta taklifni rad etgan.
AS ma’lumotiga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi 2024 va 2025 yil yozida Madridni tark etish haqida o‘ylagan. Ammo yakunda klubda qolib, shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan.
"Real" Lunini Tibo Kurtuaning munosib o‘rinbosari deb hisoblaydi. Darvozabonning o‘zi esa belgiyalik hamkasbidan kam emasligiga va imkoniyat berilsa, uning darajasida o‘ynay olishiga ishonadi.
Lunin yaqinda "Barselona"ga qarshi o‘yinda (2:1) 6 ta seyv amalga oshirdi. Shunga qaramay, u "Rasing Santander" bilan bahsda yana zaxira o‘rindig‘ida qolishi kutilmoqda.