Luis Enrike «PSJ» yulduzidan «Barselona»ga o‘tmaslikni so‘radi

  • Mr.NoBoDy30.10.2026 21:13
  • 18
  • 30

«Barselona»ning Nunu Mendeshga qiziqishi «PSJ» rahbariyatini portugaliyalik himoyachini saqlab qolish choralarini ko‘rishga undamoqda.

El Nacional ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrike Mendesh bilan shaxsan uchrashib, undan jamoani tark etmaslikni so‘ragan.

«PSJ» prezidenti Nosir al-Xelayfiy ham 24 yoshli futbolchini saqlab qolish niyatida. U Mendeshning maoshini sezilarli darajada oshirishga tayyor.

Transfermarkt bahosiga ko‘ra, 80 million yevro turadigan portugaliyalik futbolchi ayni paytda dunyoning eng qimmat chap qanot himoyachisi hisoblanadi.

Ўхшаш янгиликлар