iks
ads

Brunu Fernandesh "Komo"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng MYU murabbiylar shtabini tanqid qildi

  • Mr.NoBoDy 22.10.2026 00:40
  • 11608
  • 30

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh mankunianliklar "Komo"ga qarshi o'yinda noto'g'ri taktika tanlaganini ta'kidladi.

CHL umumiy bosqichining 3-turida MYU mehmonda 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi.

- Bu murabbiylar shtabining qarori edi - personal pressing qilmasdan, bazida orqada bo'sh hudud qoldirish va to'pni egallashga urinish, ularni kutish. Ammo bazida bunday jamoalarga bo'sh hudud berilsa, ularda ishonch paydo bo'ladi.

- Maykl Kerrik noto'g'ri taktika tanladi demakchimisiz?

- Bu savol menga emas, murabbiy va ularning shtabiga. Bazida sizni pressing qilishayotganda jasurroq bo'lish, tavakkalchilikka qo'l urish va ularni noqulay ahvolga solib, bosim o'tkazish lozim, - dedi Brunu TNT Sports'ga bergan intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar