
O'zbekiston Kubogi-2026
1/4 final
“Navbahor” - “G'azalkent” 3:1
21.10.2026, 19:00. Namangan shahri, ”Markaziy” stadion.
Hakamlar: Olim To'ychiboev, Abdulhamid Abdurayimov, Jamshid Bakirov, Salohiddin Akramov
VAR: Nayim Qosimov
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Nazoratchi: Sulton Zaylobidinov
Komissar: Jalolxon Inog'omxo'jaev
Gollar: Muhammadali G'iyosov 26, - 1:0 (J.Jaloliddinov). Joel Kojo 32, - 2:0 (J.Jaloliddinov). Lazizbek Mirzaev 52, - 2:1 (U.Turg'unov). Husayn Norchaev 81, - 3:1.
“Navbahor”: 16. Shukron Yuldashev, 2. Saidazmat Mirsaidov (55. Muhammadqodir Hamraliev, 81), 4. Islom Mamatkazin, 13. Teydi Bendjamin, 17. Muhammadali G'iyosov (5. Dilshod Komilov, 75), 21. Asadbek Rahimjonov (8. Diyor Xolmatov, 62), 22. Umar Adhamzoda (s), 28. Joel Kojo (11. Husayn Norchaev, 75), 30. Jasurbek Jaloliddinov, 34. Giorgi Jgerenaya, 77. Muhammadali Usmonov (23. Vanya Ilich, 62).
Zaxira: 1. O'tkir Yusupov, 3. Zafarbek Raximjonov, 18. Isoxon Musaxonov, 44. Anri Chichanadze, .
“G'azalkent”: 69. Timofey Tolstenov, 3. Ozodbek Ibodulloev, 7. Feruzbek Olimov (11. Muhammadyusuf Fayzullayev, 72), 9. Vladislav Nabatov, 13. Muhammadaziz Ro'ziboev, 14. Suxrob Sadirjanov (8. Adam Prisyajnyuk, 86), 17. Diyorbek Tadjiev, 22. Qodirbek Mamasov, 24. Muhammadyusuf Mirqodirov (s), 71. Lazizbek Mirzaev, 77. Umidjon Turg'unov.
Zaxira: 21. Asrorbek Kenjaev, 15. David Belyavskiy, 16. Abdurahmon Abdullaev, 18. Azizillo Erkinjonov, 23. Rustam Aliev, 27. Bexruz Jamoliddinov.
Ogohlantirishlar: U.Turg'unov 33, M.Usmonov 36, O.Ibodullaev 37,
MATNLI TRANSLYATSIYA
90+3. O'yin tugadi. “Navbahor“ - “G'azalkent“ 3:1
90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi
89. Zarba! Tojievning zarbasi noaniq ketdi
86. O'zgarish. “G'azalkent“. Sadirjanov o'rniga Prisyajnyuk tushdi
81. GOL! Husayn Norchaev! Xolmatovning uzatgan to'pi Norchaevga bordi, Husaynning zarbasi gol bilan tugadi - 3:1
81. O'zgarish. "Navbahor". Mirsaidov o'rniga Hamraliev tushdi
78. Zarba! Jaloliddinovning zarbasi noaniq ketdi
77. ZARBA! Mirsaidovning zarbasidan keyin Tolstenev to'pni ushlab oldi
76. ZARBA! Adhamzodaning kuchli zarbasidan keyin Tolstenev to'pni qaytardi!
75. O'zgarish. “Navbahor“. Kojo va G'iyosov o'rniga Norchaev va Komilov tushdi
72. O'zgarish. "G'azalkent". Olimov o'rniga Fayzullayev tushdi
67. “Navbahor“ gol urdi, ammo qanot hakami ofsaydni qayd etdi
66. UXXXX! Burchakdan uzatilgan to'pni Ro'ziboev boshi bilan darvozaga yo'lladi, Yo'ldoshev to'pni qiyinchilik bilan qaytardi!
63. ZARBA! Jaloliddinovning kuchli zarbasidan keyin Tolstenev to'pni ushlab oldi!
62. O'zgarishlar. "Navbahor". Rahimjonov va Usmonov o'rniga Xolmatov va Usmonov tushdi
56. UXXX! Jaloliddinovning zarbasi himoyachiga tegib darvozaga bordi, Tolstenev to'pni ushlab oldi
52. GOL! Lazizbek Mirzaev 2:1. Turg'unovning to'p uzatishidan keyin Mirzaev birga bir vaziyatga chiqib borib gol urdi!
50. Zarba! Nabatovning to'p uzatishidan keyin Olimov juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi!
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+1. Birinchi taym tugadi, hozircha 2:0
45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi
44. “G'azalkent“ hujumi, Mirzaevga zarba berishga himoyachilar yo'l qo'yishmadi
37. Ogohlantirish. “G'azalkent“. Ozod Ibodullaev
36. Ogohlantirish. “Navbahor“. Muhammadali Usmonov
33. Ogohlantirish. “G'azalkent“. Umid Turg'unov
32. GOL! JOEL KOJO! 2:0. Chap qanotdan G'iyosov uzatgan to'pni Jaloliddinov Kojoga tashlab berdi, Kojoning zarbasi gol bilan tugadi.
26. GOL! Muhammadali G'iyosov 1:0. Jaloliddinov uzatgan to'pni G'iyosov boshi bilan darvozaga yo'lladi.
25. Zarba. Jaloliddinovning zarbasi ancha noaniq ketdi
22. Mamasov Usmonovga nisbatan qo'pol o'ynadi. Jaloliddinov jarima to'pini amalga oshirdi, hech kim zarba bera olmadi
18. UXXX! DARVOZA USTUNI! Diyor Tojievning qo'pol xatosidan keyin Rahimjonov zarba berdi, to'p ustunga tegib maydonni tark etdi
16. Zarba! Chapdan uzatilgan to'pni Adhamzoda darvoza tomon yo'lladi, o'ta noaniq
10. Mirqodirovning uzatgan to'pi raqibga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi
5. Zarba! Lazizbek Mirzaevning zarbasi ancha noaniq ketdi
1. O'YIN BOSHLANDI!