
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Liverpul»ga qarshi bo‘lajak o‘yinda 14 yillik noxush an’anaga barham berish niyatida.
«Bizni juda muhim uchrashuv kutmoqda. Bu o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz. «Enfild»da so‘nggi bor g‘alaba qozonganimizga 14 yil bo‘ldi. Endi buni o‘zgartirish vaqti keldi», — dedi Arteta.
«Arsenal» APL doirasida «Liverpul»ni safarda oxirgi marta 2012 yil sentyabrda 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Shundan keyingi 13 uchrashuvda londonliklar 5 marta durang o‘ynab, 8 bor yutqazgan.
«Liverpul» — «Arsenal» uchrashuvi 1 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.