
«Frozinone»ning 23 yoshli vingeri Georgiy Kvernadze Yevropaning bir qator klublari e’tiborini tortmoqda.
Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, gruziyalik futbolchiga «Roma», «Monako», shuningdek, «Everton» va «Kristal Pelas» qiziqish bildirmoqda.
Kvernadze joriy mavsumda A Seriyaning 10 ta o‘yinida 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. U «Lechche»ga qarshi uchrashuvda (5:1) uchta assist qayd etgan.
Allaqachon «yangi Kvarasxeliya» deb atalayotgan futbolchining «Frozinone» bilan shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.