
Madridning "Real" klubi Italiyaning "Komo" jamoasida muvaffaqiyatli o‘ynayotgan sobiq futbolchisi Nikolas Pasni qaytarishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Ramon Alvares de Mon ma’lumotiga ko‘ra, madridliklar 22 yoshli argentinalikni kelasi yozda 80 million yevro evaziga qayta sotib olish huquqidan foydalanmoqchi.
Pas yaqinda Chempionlar ligasida "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuvda 2 ta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan yozda muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va rivojlanishni davom ettirish maqsadida "Real"ga qaytishdan bosh tortgan.
"Komo" esa argentinalik futbolchiga bo‘lgan barcha huquqlarni madridliklardan 60 million yevroga sotib olgan.