iks
ads


«PSJ» Kvarasxeliyaning o‘rniga uch nafar futbolchini nomzod sifatida ko‘rib chiqmoqda

  • Mr.NoBoDy24.10.2026 00:26
  • 6
  • 30

«PSJ» jiddiy jarohat olgan Xvicha Kvarasxeliyaning o‘rnini to‘ldirish maqsadida transfer bozoriga chiqishi mumkin. Parijliklar hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun bir qator futbolchilar nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Gruziyalik vingerning o‘ng tizzasidagi oldingi xochsimon boylami uzilgani sabab u joriy mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.

Eurosport nashrining xabar berishicha, «PSJ»ning asosiy transfer variantlaridan biri Bilbaoning «Atletik» klubi vingeri Niko Uilyams hisoblanadi. Fransiya grandi bir necha yildan buyon ispaniyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatib kelmoqda.

Shuningdek, Sport nashri Goal ma’lumotlariga tayanib, parijliklar Leverkuzenning «Bayer» klubi futbolchisi Ibrohim Mazaga ham qiziqish bildirayotganini xabar qildi. Dortmundning «Borussiya» jamoasi sharafini himoya qilayotgan Matis Albert ham ehtimoliy nomzodlar qatorida tilga olinmoqda.

Qizig‘i, «PSJ» yangi futbolchi xarid qilish uchun qishki transferlar oynasi ochilishini kutishi shart emas.

Fransiya Liga 1 musobaqasida «joker» deb nomlanuvchi maxsus qoida mavjud. Unga ko‘ra, klublar belgilangan transfer davridan tashqari vaqtda ham Liga 1 yoki Liga 2 ishtirokchisi bo‘lgan boshqa jamoadan bitta futbolchini sotib olish huquqiga ega.

Shu tariqa, Parij klubi zarurat tug‘ilsa, hujum chizig‘ini yanvargacha kuchaytirish imkoniyatidan foydalanishi mumkin.

Biroq hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, «PSJ» rahbariyati tarkibni kuchaytirish bo‘yicha asosiy qarorlarni qishki transferlar oynasida qabul qilishi kutilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar