iks
ads


«Chelsi» «Barselona» futbolchisi uchun 100 million yevrodan ortiq taklif tayyorlamoqda

  • Mr.NoBoDy24.10.2026 00:26
  • 6
  • 30

Londonning «Chelsi» klubi «Barselona» yarim himoyachisi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olish rejasidan voz kechgani yo‘q. Angliyaliklar yozgi transferlar oynasida amalga oshmagan kelishuvga yana bir bor erishishga harakat qilmoqchi.

El Nacional nashrining xabar berishicha, «Chelsi» 23 yoshli ispaniyalik futbolchi uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ taklif qilishga tayyorlanmoqda.

Bunday yirik taklif «Barselona» rahbariyatini jiddiy o‘ylantirib qo‘yishi mumkin. Biroq hatto shu miqdordagi mablag‘ ham kataloniyaliklarning muzokara boshlashiga kafolat bermaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Fermin Lopesning maydonda bir nechta vazifani bajara olish qobiliyatini juda yuqori baholaydi.

«Chelsi»ning qiziqishi Ferminning bir futbolchida kamdan-kam uchraydigan bir qator sifatlarni o‘zida mujassam etgani bilan bog‘liq.

U hujumkor yarim himoyachi sifatida harakat qilishi, hujumchiga yaqindan yordam berishi yoki raqib markaziy himoyachilari boshqa xavflarga e’tibor qaratgan paytda maydon chuqurligidan hujumga qo‘shilishi mumkin.

Xabi Alonso futbolchining aynan shu qobiliyatini juda qadrlaydi», — deyiladi El Nacional nashri materialida.

Biroq «Chelsi» uchun asosiy muammo faqat transfer narxi bilan bog‘liq emas. Londonliklar Fermin Lopesning o‘zini ham klubini almashtirishga ko‘ndirishi kerak bo‘ladi.

Bu esa oson vazifa emas. Chunki ispaniyalik yarim himoyachi «Barselona»da o‘zini qulay his qilmoqda va jamoani tark etishga shoshilmayapti. Kataloniya klubi rahbariyati ham uni tarkibda saqlab qolish tarafdori.

Qayd etish joiz, Transfermarkt portali Fermin Lopesning bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda.

23 yoshli futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar