
«Liverpul»ning hujumkor yarim himoyachisi Rio Ngumoa Chempionlar ligasida klub tarixiga kirdi.
18 yoshli futbolchi musobaqa umumiy bosqichida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda ikkita golli uzatmani amalga oshirib, «Liverpul» tarixida Chempionlar ligasida assist qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Andoni Iraola shogirdlari Ispaniya klubiga qarshi bahsda irodali g‘alabaga erishdi. Mersisaydliklar 4:3 hisobida zafar quchib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
«Liverpul» Chempionlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini 4 noyabr, chorshanba kuni o‘tkazadi. Angliya klubi Istanbulda Turkiyaning «Fenerbaxche» jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Qayd etish joiz, Rio Ngumoaning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Yosh futbolchining transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.