iks
ads


Endrik oldida takliflar bor

  • Mr.NoBoDy24.10.2026 00:26
  • 9
  • 30

Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Braziliyalik futbolchining kelajagi borasida hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Taniqli jurnalist Matteo Morettoning ma’lum qilishicha, bosh murabbiy Joze Mourinyo Endrikning jamoada qolishini ta’kidlagan bo‘lsa-da, uni yanvar oyida boshqa klubga qo‘yib yuborish varianti hamon ko‘rib chiqilmoqda.

«Mourinyo Endrik jamoada qolishini allaqachon aytgan. Biroq futbolchining yanvarda ketishi ehtimoli hali ham mavjud. Chunki u juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda», — dedi Moretto Radio Marca efirida.

Jurnalistning ta’kidlashicha, braziliyalik hujumchining xizmatlariga Italiyaning «Milan» va «Roma» klublari qiziqish bildirishda davom etmoqda.

Har ikki jamoa avvalroq Endrikni ijaraga olishga harakat qilgan, biroq «Real» rahbariyati futbolchini qo‘yib yuborishdan bosh tortgan edi.

Joriy mavsumda Endrik Ispaniya chempionatida atigi ikkita uchrashuvda ishtirok etdi va gol yoki golli uzatma qayd eta olmadi.

Chempionlar ligasida esa braziliyalik hujumchi ikki o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bir marta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar