iks
ads

Islombek Ismoilov: "Jamoamiz ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonish maqsadi bor edi""

  • Mr.NoBoDy 21.10.2026 00:48
  • 14960
  • 30

O'zbekiston Kubogi 1/4 finalidan o'rin olgan "Neftchi" - "Lokomotiv" (2:4) o'yinidan so'ng farg'onaliklar ustozi Islombek Ismoilov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi navbatda stadionga kelgan muxlislarimizdan uzr so'raymiz. Albatta, bu alamli mag'lubiyat. Yil boshida jamoa oldiga barcha o'zi qatnashadigan turnirlarda g'alaba qozonish vazifasi qo'yilgandi. Afsuski, biz kubokni tark etdik. Bilmadim, hozir bu o'yin haqida nimadir deyish ham noto'g'ri. Jamoa yutqazsa, murabbiy aybdor bo'ladi, shuning uchun barcha aybni o'z bo'ynimga olaman. Tahlil qilib chiqamiz, o'rganib chiqamiz va kurashishda davom etamiz", - deya gap boshladi Islombek Ismoilov.

- Oldinda jiddiy o'yin kutib turibdi, "Paxtakor" bilan o'yin bor. Mana shu mag'lubiyatdan keyin futbolchilarni qanchalik ruhlantirib, o'yinga tayyor bo'lishi mumkin?

- Endi hozir futbolchilar bilan ham gaplashdik, rahbariyat ham gaplashdim, futbolchilarni qo'llab-quvvatlashdi. Bu narsalarni futbolchilar ham tushunishi kerak, qadrlashi kerak. Chunki har bitta o'yinning qadri baland. Biz shunchaki hech qaysi o'yinda g'alabani oson qo'lga kiritmaymiz, g'alaba uchun kurashishimiz kerak, maydonda borimizni berishimiz kerak. Hech qaysi o'yinda kurashmasdan olishni iloji yo'q, g'alaba qozonish uchun maydonda jang kerak. Har bir qarich uchun kurashish kerak, faqat mahorat yoki xohishni o'zi kamlik qiladi, kurashish kerak. Ikkinchi davrada juda ko'p gollar qo'yib yuboryapmiz. Albatta, bu og'riqli nuqtamizga aylanib qoldi, buni sababini axtaryapmiz, o'rganyapmiz, izlanyapmiz. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham, oxirigacha kurashishimiz kerak. "Paxtakor"ga qarshi o'yin ham oson o'tmaydi, bo'lib ham ikki kundan keyin bu jamoaga qarshi o'ynaymiz. Hozir birinchi navbatda barcha o'ziga bo'lgan ishonchni qaytarishi va chempionatdagi eng asosiy raqobatchimizni albatta Toshkentda mag'lubiyatga uchratishimiz shart. Buni barcha futbolchilar bilishi kerak va bu uchrashuvga biz bor kuchimiz bilan tayyorgarlik ko'ramiz. Kerak bo'lsa yuz baravar, kerak bo'lsa ming baravar ichimizdagi kuchimizni maydonga chiqarishga harakat qilamiz va shunga majburmiz ham. Bundan keyin mag'lubiyatlar bo'lsa hech narsa jamoani oqlamaydi. Bu xatolardan to'g'ri xulosa chiqarish kerak. Keragidan oshiq, o'zi etarlicha mag'lubiyatga uchradik. Albatta, endi bundan keyin mag'lubiyatga uchrashga haqqimiz yo'q. Chunki muxlislar ham kechirmaydi, hech kim bizni kechirmaydi.

- Islombek, bugun aynan birinchi bo'limdagi o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, to'g'risi men oxirgi marta qachon "Neftchi" bitta bo'limda shunchalik ko'p to'p yo'qotganini, shunchalik ko'p xato qilganini va raqibga shunaqa ko'p bo'sh zonalar berib qo'yganini eslolmayman. Nima bo'ldi aynan birinchi bo'limda?

- Hozir aynan qanaqadir holat bilan bog'liq deyish noto'g'ri bo'ladi. Balki murabbiy sifatida mening ham xatoyim bo'lgandir, tarkib tanlashda yoki o'yinga ko'rsatma berishda. Lekin nima bo'lgan taqdirda ham bunaqa oson gol qo'yib yubormasligimiz kerak edi. Sababi birinchi davrada eng zo'r himoya bizniki bo'lgan, eng kam gol o'tkazib yuborganmiz. Lekin ikkinchi davrada bitta o'yinda o'sha birinchi davradagidan ko'p gollar qo'yib yuboryapmiz va har bitta jamoa juda oson gollarni urib ketyapti. Bilmadim, bu narsani masalan taktika bilan bog'lash ham noto'g'ri, chunki o'sha jamoa, o'sha futbolchilar maydonda harakat qilyapti. Balki bizga o'sha shiddat, shijoat, kurashuvchanlik yetishmay qolayotgandir, balki biz erta o'zimizga ishonib yuborgandirmiz. Shuning uchun bu o'yin biz uchun qattiq dars bo'lishi kerak, bo'lib ham bu juda qattiq dars bo'lishi kerak. Agar bundan ham xulosa chiqarmaydigan bo'lsak, unda bu bizning xatoyimiz bo'ladi, albatta bu keyinchalik afsuslanishga olib keladi. Shuning uchun, bo'lar ish bo'ldi endi, xatolarni tahlil qilib chiqamiz, nima uchun boshida tezkor uchta gol qo'yib yuborganimiz sabablarini o'rganib chiqamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar