
Ikkinchi o‘rinni uning jamoadoshi, fransiyalik yarim himoyachi Maykl Olise egalladi. Kuchli uchlikdan esa «Barselona»ning ispaniyalik vingeri Lamin Yamal joy oldi.
The Athletic talqiniga ko‘ra, «Oltin to‘p»-2026 uchun asosiy 10 da’vogar:
Harri Keyn («Bavariya»).
Maykl Olise («Bavariya»).
Lamin Yamal («Barselona»).
Kilian Mbappe («Real»).
Rodri («Barselona»).
Erling Holand («Manchester Siti»).
Xvicha Kvarasxeliya («PSJ»).
Luis Dias («Bavariya»).
Jud Bellingem («Real»).
Lionel Messi («Inter Mayami»).
2026 yilgi «Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londondagi «Palladium» teatrida bo‘lib o‘tadi. Erkaklar o‘rtasidagi bosh sovrin uchun 30 nafar futbolchi nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
1956 yilda France Football jurnali tomonidan ta’sis etilgan ushbu mukofot bu yil o‘zining 70 yilligini nishonlamoqda.