iks
ads

Mirko Yyelichich: "Bu g'alaba 10 oylik mehnatlarning mahsuli"

  • Mr.NoBoDy 20.10.2026 22:00
  • 6584
  • 30

O'zbekiston kubogi chorak finali doirasida "Neftchi" - "Lokomotiv" bahsidan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yyelichich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Haqiqiy kubok o'yini, ko'plab gollarni ko'rdik, jamoalar yuqori kayfiyatda o'yinga yetib keldi. "Neftchi" oxirigacha kurashdi. Ikkala jamoa ham yaxshi vaziyatlarga ega bo'lishdi. Bu futbol, biz ham so'nggi daqiqagacha kurashdik va raqibga haqiqiy jangni taklif qildik. Yigitlarga bugungi o'yin uchun rahmat aytaman. Kubokning bunday o'yinlarini tomosha qilish va o'ynash yoqimli.

- Hech kim bunday natija bo'lishini kutmagandi. Jamoaning bugungi g'alabasi siri nimada?
- Bizning futbolchilar to'p bilan o'zlarini qulay his qilishadi. Bu 10 oylik mehnat jarayonining mahsuli. Shu sababli yigitlar o'z futbolini ko'rsatishga shoshilishmaydi. Shunday ekan, ular istalgan raqibga qarshi o'ynay olishadi. Lekin ayrim vaziyatlarda jamoamizga kurashuvchanlik yetishmayapti. Bugun yuqori darajadagi futbolchilari bor "Neftchi"ga qarshi o'yinda yuqori tempda o'ynashganidan minnatdorman. Bunday ishonchli o'yin biz uchun ko'p narsalarni anglatadi. "Neftchi"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar