
Saudiya Arabistonining «Al-Xilol» klubi «PSJ» vingeri Usman Dembeleni o‘z safiga qo‘shib olish uchun juda yirik moliyaviy taklif tayyorlamoqda.
Ispaniyaning El Nacional nashri ma’lumotiga ko‘ra, saudiyaliklar 29 yoshli fransuz futbolchisiga 3 yillik shartnoma taklif etmoqda. Agar Dembele ushbu transferga rozi bo‘lsa, uning yillik maoshi 80 million yevroni (3 yilda umumiy 240 million yevro) tashkil etadi.
Futbolchining o‘zi ham faoliyatida yangi sahifa ochish va klubni tark etish variantini ko‘rib chiqmoqda. Usman Dembele 2023 yildan beri «Barselona»dan o‘tganidan so‘ng «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda.