Kyeza Iraola bilan ishlash borasidagi ilk taassurotlari haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy27.07.2026 05:52
  • 6
  • 30

«Liverpul»ning italiyalik hujumchisi Federiko Kyeza jamoaning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola qo‘l ostida olib borilayotgan mashg‘ulotlar va taktik talablar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Murabbiy bilan bo‘lgan barcha suhbatlarimiz hozircha faqat pressing va taktikaga tegishli bo‘ldi. Bugun u meni hujumchi pozisiyasiga qo‘ydi («Sanderlend»ga qarshi 4:2 hisobida yakunlangan o‘rtoqlik o‘yini nazarda tutilmoqda). Butun faoliyatim davomida qanotda o‘ynaganman, lekin hujumchi pozisiyasida ham jon-dildan o‘ynashga tayyorman.

Yangi murabbiy bilan ikki haftadan beri shug‘ullanyapmiz va u bizdan nima kutayotganini ko‘rib turibmiz. U yuqori intensivlikni va maydon bo‘ylab bir-ga-bir o‘yin ko‘rsatishimizni xohlaydi, bugun aynan shuni ko‘rsatishga harakat qildik», — dedi Kyeza The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Ўхшаш янгиликлар