«Al-Xilol» «Everton» hujumchisi Ndiayeni sotib olmoqchi

  • Mr.NoBoDy27.07.2026 05:52
  • 18
  • 30

Saudiya Arabistonining «Al-Xilol» klubi «Everton» hujumchisi Iliman Ndiaye bilan tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqda xabar bermoqda.

Manba berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi. Futbolchining vakillari muloqotga tayyor, biroq ko‘p narsa Angliya klubining chiqaradigan qaroriga bog‘liq bo‘ladi.

O‘tgan mavsumda Ndiaye barcha turnirlarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, senegallik hujumchining bozor qiymati 55 million yevroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар