
Agar Andrea Pirlo terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanmasa, Paolo Maldini Italiya futbol federasiyasi texnik direktori lavozimidan ketishi mumkin, deb xabar bermoqda La Gazzetta dello Sport.
Avvalroq Pirloning Rossiya bukmekerlik kompaniyasi bilan hamkorligi Italiyada keng muhokamalarga sabab bo‘lgani va bu uning milliy terma jamoa bilan shartnoma tuzishiga ta’sir qilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan edi.
Manbaning ta’kidlashicha, ushbu vaziyat Maldini uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Paolo futbolga aloqador bo‘lmagan sabablar murabbiy tanloviga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga tayyor emas edi.
«Milan»ning sobiq himoyachisi aynan o‘zi terma jamoaga yangi bosh murabbiyni mustaqil ravishda tanlashi bo‘yicha kafolat olgach, texnik direktorlik lavozimini egallashga rozi bo‘lgani ma’lum.
Pep Gvardiola terma jamoani boshqarish taklifini rad etgach, Maldini tanlovi Pirloga tushgan edi. U Pirloni uzoq muddatli loyiha doirasida ishlashga tayyor bo‘lgan zamonaviy murabbiy deb hisoblaydi. Shu sababli u Roberto Manchini va Antonio Konte nomzodlarini rad etgan edi.