Elliot Anderson «MYU»ga qimmatga tushishi mumkin

  • Mr.NoBoDy30.04.2026 13:26
  • 21
  • 30

Angliyaning «Nottingem Forest» klubi o‘z yarim himoyachisi Elliot Andersonni sotish bo‘yicha moliyaviy talablarini e’lon qildi. Jurnalist Rob Dousonning xabar berishicha, «lesniklar» 23 yoshli futbolchi uchun taxminan 120 million funt sterling talab qilmoqda.

Klub rahbariyati bu narxni bir necha omillar bilan asoslamoqda. Birinchidan, Andersonning Angliya terma jamoasi safida Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli ishtiroki va jamoadagi muhim o‘rni inobatga olingan. Ikkinchidan, uning «Nottingem» bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar amal qiluvchi uzoq muddatli shartnomasi borligi narxning yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda.

Shuningdek, «o‘rmonchilar» ushbu bahoni belgilashda 2023 yilda Moyses Kaysedoning «Brayton»dan «Chelsi»ga 115 million funt evaziga amalga oshgan transferini andoza sifatida olishgan.

Ma’lumot o‘rnida, Elliot Anderson 2024 yilda «Nyukasl»dan 41 million yevro evaziga «Nottingem Forest»ga o‘tgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Ўхшаш янгиликлар