UEFA o'smirlar ligasi. "Real Madrid" finalda "Bryugge"ni mag'lub etib, chempionlikka erishdi

  • Mr.NoBoDy 21.04.2026 00:48
  • 4883
  • 30

Lozanna shahrida o'smirlar o'rtasidagi Yevropa Chempionlar ligasining (Yunosheskaya liga UEFA) final bahsi bo'lib o'tdi.

Unda Madridning "Real" jamoasi Belgiyaning "Bryugge" klubiga qarshi maydonga tushdi.

"Bryugge" U-19 - "Real Madrid" U-19 1:1 (penaltilar seriyasi - 2:4)

"Bryugge": Vanden Drish (D), Elbay, Verlinden, Vins, Garsiya, Lund-Yensen, Goemaer (S), Okon, Koren, Da Silva, Musuai.

"Real Madrid": Navarro Ximenes (D), Fortea, Martinez X., Aguado, Lezkano, Martinez B., Sestero Sancho, Diez Pagonessa (S), Yanez, Ortega, Siriya.

Asosiy vaqtda g'olib nomi aniqlanmagach (1:1), jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qilishdi. Lotereyada esa omad madridliklarga kulib boqdi - 4:2.

Ushbu g'alaba "Qirollik klubi" uchun turnir tarixidagi ikkinchi chempionlik bo'ldi. Madridliklar ilk bor 2020 yilda ushbu sovringa ega chiqishgan edi. Ma'lumot uchun, ushbu turnirda chempionlik bo'yicha rekord "Barselona"ga tegishli bo'lib, kataloniyaliklar hisobida 3 ta titul mavjud.

Ўхшаш янгиликлар