
Dubay shahridagi "Zabil" stadionida 19 aprel kuni o'tkazilgan mazkur bahsda saudiyaliklar 4:0 hisobidagi yirik g'alabani qo'lga kiritishdi. Mazkur muvaffaqiyatli natija evaziga "Al Nassr" jamoasi musobaqaning yarim finaliga yo'llanma oldi.
O'yinda hisob 11-daqiqadayoq portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu tomonidan ochildi. E'tiborlisi, mazkur to'p kiritish Ronalduning professional faoliyatidagi 969-gol sifatida qayd etildi. Shundan so'ng, mehmonlar hujumkorlikni yanada oshirib, 24-daqiqada Martines hamda 26-daqiqada Al-Amri tomonidan kiritilgan gollar evaziga birinchi bo'limning o'zidayoq katta ustunlikka erishishdi. Uchrashuvning 80-daqiqasida esa Sadio Mane "Al Nassr"ning to'rtinchi goliga mualliflik qildi va o'yinga yakuniy nuqtani qo'ydi – 4:0.
Mazkur uchrashuvni o'zbekistonlik referi Rustam Lutfullin boshqarib bordi. Takidlash joizki, ushbu hakam yaqindagina O'zbekiston Superligasining 6-turi doirasida bo'lib o'tgan "Qo'qon-1912" – "Nasaf" uchrashuvida ham ishlagan va undagi bir qator bahsli qarorlari bilan futbol jamoatchiligi o'rtasida keskin munozaralarga sabab bo'lgan edi.