Baqoev: “Eng achinarlisi - 2:0 hisobida oldinda borib turib, 3:2 hisobida mag'lub bo'lish”

  • Mr.NoBoDy 19.04.2026 22:48
  • 202
  • 30

Superliga 8-tur doirasidagi “So'g'diyona” - “Bunyodkor” (2:3) o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

“O'yinni juda yaxshi boshladik, tezkor ikkita gol urdik. Shundan keyin hisobni yanada yiriklashtirish imkoniyatimiz ham bor edi. Afsuski, tushunarsiz vaziyatda gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa standart vaziyatdan yana gol o'tkazdik va yakunda uchrashuvni boy berdik.

Eng achinarlisi - 2:0 hisobida oldinda borib turib, 3:2 hisobida mag'lub bo'lish. Bu, albatta, jamoa uchun og'ir psixologik zarba bo'ldi.

Ijobiy jihatlari ham bor: jamoamiz gol ura boshladi, hujum chizig'imiz samarali ishlayapti. Shu bois hozir kimnidir ayblashni to'g'ri deb hisoblamayman.

Endi asosiy e'tibor - keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Yigitlarga maydondagi harakati va fidoyiligi uchun rahmat. Oldinga qarab harakat qilamiz”, - dedi mutaxassis.

Ўхшаш янгиликлар