
Parijliklar sport direktori Luis Kampush futbolchilar vakillari bilan uchrashuv o'tkazdi. Qayd etilishicha, PSJ barcha asosiy o'yinchilarni saqlab qolish niyatida, biroq tarkibni kuchaytirishdan manfaatdor.
Joriy mavsumda 24 yoshli Martinelli barcha musobaqalarda 46 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 45 million evroga baholamoqda.
19 yoshli Diomande 32 uchrashuvda 13 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Uning qiymati 75 millionga baholanmoqda.