Ulug'bek Bakaev: "2:0 hisobida oldinda borib, 2:3 hisobida yutqazish bu – ruhiy zarba degani"

  • Mr.NoBoDy 19.04.2026 22:16
  • 1657
  • 30

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Bunyodkor" (2:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O'yinni juda yaxshi boshladik. Ikkita gol urdik, keyin yana to'p kiritishimiz mumkin edi, ammo tushunarsiz gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa jarima zarbasi... xullas, o'yinda mag'lub bo'ldik. Eng alam qiladigani, 2:0 hisobida oldinda borayotib, 2:3 hisobida yutqazib qo'yish – bu, albatta, sportda va umuman futbolda o'ziga xos ruhiy zarba hisoblanadi. Lekin quvonarlisi shuki, biz har o'yinda gol uryapmiz. Hujum chizig'imiz yaxshi ishlayotgani xursand qiladi. Shuning uchun hozir kimnidir ayblashdan mano ko'rmayapman. Oldinga qarab intilamiz va keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz. Yigitlarga o'yin va maydondagi fidoyiligi uchun rahmat aytaman. Tayyorgarlikni davom ettiramiz", dedi 47 yoshli mutaxassis.

Ўхшаш янгиликлар