
Ushbu o'yinda myunxenliklar 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv "Arena Myunxen" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Syoren Storks bosh hakam sifatida ishtirok etdi.
21-daqiqada Kris Fyurix mehmonlarni oldinga olib chiqdi, 31-daqiqada Rafael Gerreyru hisobni tenglashtirdi. Nikolas Jekson 33-daqiqada myunxenliklarga ustunlikni taminladi. "Bavariya"ning uchinchi golini 37-daqiqada Alfonso Devis, keyingi golni 52-daqiqada Xarri Keyn kiritdi. Chema Andres 88-daqiqada mehmonlarning ikkinchi goli muallifiga aylandi.
Ushbu o'yindan so'ng "Bavariya" muddatidan oldin Germaniya chempioni bo'ldi, jamoa 79 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, "Shtutgart" esa 56 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Bavariya" 35-marta Germaniya chempionligini qo'lga kiritdi.
Keyingi turda myunxenliklar 25 aprel kuni mehmonda "Maync,” “Shtutgart” esa 26 aprel kuni "Verder"ni qabul qiladi.