Infantino JCH-2026 paytida "prezidentcha" kortej so'radi, ammo...

  • Mr.NoBoDy 28.04.2026 23:24
  • 409
  • 30

Vankuver policiyasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantinoga kuchaytirilgan xavfsizlik hamrohligini taqdim etishdan bosh tortdi.

Bu haqda "Global BC News" va "The Times" nashrlari xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 30 aprel kuni Vankuvyerda FIFAning yillik kongressi bo'lib o'tadi. Shu munosabat bilan tashkilot o'z rahbari uchun maxsus avtomobillar kortejini so'ragan. FIFA Infantinoga 4-darajali hamrohlik berishni iltimos qilgan.

Bu darajadagi xavfsizlik nima beradi?

  • Svetoforning qizil chirog'ida to'xtamasdan o'tish;

  • Yo'l harakatining boshqa ishtirokchilari yo'lini to'sib qo'yish.

Qizig'i shundaki, bunday darajadagi kortej odatda AQSH prezidentlari Kanadaga tashrif buyurganida taqdim etiladi. Hatto Kanada Bosh vaziri ham pastroq darajadagi kortej bilan harakatlanadi. Rim papasi esa 5-darajali hamrohlikdan foydalanadi.

Vankuver policiyasi va shahar meriyasi ushbu so'rovni rad etib, shunday bayonot berdi: "Transportni tashkil etish bo'yicha har qanday choralar vaziyatga mos va vazmin holatda amalga oshiriladi". Demak, Infantino Kanada yo'llarida oddiy yo'lovchilar kabi qoidalarga bo'ysunishiga to'g'ri keladi.

Ўхшаш янгиликлар