«MYU» Rafael Leau uchun uch yulduzini «qurbon» qilishga tayyor

  • Mr.NoBoDy30.04.2026 12:52
  • 24
  • 30

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi «Milan» hujumchisi Rafael Leauni o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy qadam tashlamoqda. La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, «qizil iblislar» Italiya klubiga o‘ziga xos almashinuv variantini taklif qilishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko‘ra, Manchester klubi rahbariyati Leau transferiga Manuel Ugarte, Markus Reshford va Joshua Zirkzee kabi futbolchilardan birini (yoki bir nechtasini) qo‘shishni ko‘rib chiqmoqda. Bundan tashqari, «MYU» portugaliyalik futbolchi uchun qo‘shimcha pul tovoni to‘lashga ham tayyor.

Rafael Leau 2019 yilda Fransiyaning «Lill» klubidan 49 million yevro evaziga «Milan»ga o‘tgan edi. Uning «rossonerilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda 26 yoshli hujumchi «Milan» safida barcha musobaqalarda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. 

Ўхшаш янгиликлар