
«Bavariya» himoyachisi Alfonso Devis Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Ekrem Konur bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yozgi transfer oynasi arafasida «Manchester Yunayted» kandalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» himoyachining transferi uchun taxminan 92 million yevro to‘lashga tayyor.
Alfonso Devis 2019 yilda «Vankuver»dan «Bavariya»ga 14 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsumda himoyachi Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Devisning kam o‘yin o‘tkazgani uning tez-tez jarohat olishi bilan bog‘liq. Hozirda 25 yoshli futbolchi son mushaklari cho‘zilishidan keyin tiklanish jarayonini o‘tamoqda.