
«Arsenal» «Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavingani o‘z safiga qo‘shib olmoqchi, deb yozadi fichajes.net.
Xabar qilinishicha, London jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta tarkibda rotasiyani amalga oshirish uchun yarim himoya chizig‘ida bir nechta yuqori darajali ijrochilarga ega bo‘lishni istamoqda.
Manbaning yozishicha, «Arsenal» rahbariyati Kamavinganing kelishi yarim himoya chizig‘iga rang-baranglik olib keladi deb hisoblaydi.
Yaqinda jurnalist Matteo Moretto agar klubga futbolchi uchun 50 million yevrodan ko‘proq taklif tushsa, «Real» Kamavingani sotish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Fransiyalik futbolchining madridliklar bilan shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.