Aleksandr Xomyakov: "Barchasi yaxshi bo'ladi, xavotir olmang. Futbolchilarga etirozim yo'q"

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 01:56
  • 14143
  • 30

Superliga 3-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Xorazm" (1:1) uchrashuvidan so'ng buxoroliklar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Sovuq ob-havo bo'lishiga qaramay, ancha qiziqarli va qaynoq o'yin bo'ldi. To'g'ri, golli vaziyatlar ko'p bo'lmagandir, lekin ancha mazmunli o'yin bo'ldi. G'alaba qozonganimizda yaxshi bo'lardi. O'tkazib yuborgan golimiz tufayli oldinga o'tishga majbur bo'ldik va shu sababli raqib darvozamiz xavf sola boshladi. Raqib darvozamiz oldida bir nechta yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmadi. Ushbu o'yin to'g'ri xulosa chiqarib, oldinga yurishda davom etamiz", — deya fikr bildirdi Aleksandr Xomyakov uchrashuvdan. yakunlanganidan so'ng.

- "Buxoro" zaxirasida Qulmatov, Todorov va Basheleishvili kabi tajribali futbolchilar bor. Nega Basheleishvili so'nggi 10-15 daqiqada maydonga tushmoqda? Balki unda jarohat bordir? Basheleishvili maydonda Rodich bilan yaxshi bo'layotgandek. Nega ushbu futbolchiga ko'proq o'yin vaqti berilmayapti?

- Savolning mazmuni nimada?

- Nega Basheleishviliga kam o'yin vaqti berilmoqda?

- Men 20 nafar futbolchini maydonga tushira olmayman-ku. To'g'rimi? Menimcha, tarkibni tanlash va futbolchilarni maydonga tushirish bosh murabbiyning istagiga ko'ra ro'y berishi kerak. Mavsum endi boshlandi. Hali barcha futbolchilar o'zini to'liq namoyish etish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

- Dominik Begich o'tgan mavsumdagi o'yinini namoyish eta olmayapti. Bunga sabab nima?

- U jamoaga qo'shilib keta olmadi degan fikrga qo'shilmayman. U safimizga biroz kechroq qo'shildi. Hozir jismoniy holatini tiklash bilan band. Umid qilamanki, u tezroq eng yaxshi sport formasiga qaytib oladi. Unga hech qanday etirozim yo'q. Murabbiy sifatida u yaxshiroq o'yin namoyish etishini istayman, ammo buning uchun vaqt kerak.

- Hakamlik haqida gapirib o'tsangiz...

- Men hakamlarni muhokama qilmayman. O'yin asabiy va bosimga boy bo'ldi. To'g'ri, ayrim vaziyatlarning bosh hakamning qaroriga qo'shilmagandirman. Lekin u bugungi uchrashuvni yaxshi boshqarib bordi.

- Ubaydullaevda 3-4ta yaxshi imkoniyat bo'ldi, lekin vaziyatlar golga aylantirilmadi. Buning sababi nimada?

- U mening kutilmalarimni to'liq oqlamoqda. Gol urishni esday chiqarib qo'ygani yo'q. Futbol xatolar ustida quriladigan o'yin. U o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Ishoning, Ubaydullaev hali o'z so'zini aytadi. Futbolchilarga etirozim yo'q.

- Mladovich va Kachavarani qachon maydonda ko'ramiz?

- Ular umumiy guruhga qo'shilishdi. Maydonga tushishga tayyor bo'lishlari bilanoq ularga imkoniyat beramiz.

- "Buxoro"da jarohatlangan futbolchilar ko'p. Bugun Ubaydullaev besh metrdan darvozani poylay olmadi. Avvalgi o'yinlarda esa Begich xuddi shunday vaziyatni ko'kka sovurgan edi. Keyingi uchrashuvda "Buxoro" "Dinamo"ni qabul qiladi. "Dinamo" bunday xatolarni kechirmasligi mumkin. Ushbu muammoni qanday bartaraf etmoqchisiz?

- Hujumchilar kam sonli mahsulot hisoblanadi. "Dinamo"ga tayyorgarlik ko'ramiz. Bugun biz gol urmadik va raqib shundan so'ng darvozamizga gol urdi. Demak, o'sha mashhur ibora hali hamon ishlamoqda. Bizda realizaciya masalasida muammolar bor. Dastlabki o'yinlarda raqib darvozasida vaziyatlar yarata olmayotgandik. Endi esa vaziyatlar etarlicha. Barchasi yaxshi bo'ladi. Xavotir olmang.

- "Xorazm" o'tgan mavsumda o'tish o'yinida bizni mag'lub etgan edi. Joriy mavsumda esa durang qayd etildi. "Xorazm" "Buxoro" uchun noqulay raqibmi?

- Nega noqulay raqib? O'tgan mavsum biz umuman boshqa jamoaga mag'lub bo'lgandik. Joriy mavsumda ikki jamoa ham tarkibini o'zgartirdi. "Xorazm" yaxshi jamoa. To'g'ri himoyalandi va qarshi hujumlarga o'tdi. O'z vaziyatlariga ham ega bo'ldi. Biz ushbu jamoani o'rganib chiqqan edik. Gol o'tkazib yuborganimizga qadar deyarli imkoniyat bermayotgandik. Bu futbol.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar