ECHL. "Real Madrid" - "Manchester Siti" 2:0 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 12.03.2026 01:32
  • 7538
  • 30

ECHL 1/8 final doirasidagi "Real Madrid" - "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

ECHL. "Real Madrid" — "Manchester Siti" 2:0

Gollar: 20 - Federiko Valverde, 27 - Federiko Valverde

"Real Madrid": 1. Tibo Kurtua, 12. Trent Aleksander-Arnold, 22. Antonio Ryudiger, 23. Ferlan Mendi, 24. Din Xyoysen, 8. Federiko Valverde, 14. Orelen Chuameni, 7. Vinisius Junior, 15. Arda Gyuler, 45. Tyago Pitarch, 21. Braim Dias.

Zaxira: 13. Andrey Lunin, 26. Fran Gonsales, 2. Daniel Karvaxal, 17. Raul Asensio, 20. Fransisko Garsiya, 27. Diego Aguado, 6. Eduardu Kamavinga, 30. Franko Mastantuono, 28. Xorxe Sestero, 37. Manuel Moran, 38. Sesar Palasios, 16. Gonsalo Garsiya.

"Manchester Siti": 25. Janluiji Donnarumma, 3. Ruben Diash, 15. Mark Gexi, 33. Niko O'Rayli, 45. Abduqodir Husanov, 20. Bernardu Silva, 16. Rodri, 11. Jeremi Doku, 26. Savio, 42. Antuan Semeno, 9. Erling Xoland.

Zaxira: 1. Jeyms Trafford, 13. Markus Bettinelli, 5. Jon Stounz, 6. Natan Ake, 21. Rayan Ait-Nuri, 27. Mateus Nunes, 68. Maks Alleyn, 4. Teyani Reynders, 7. Omar Marmush, 14. Niko Gonsales, 47. Fil Foden, 10. Rayan Sherki.


28. Haaa, do'stlar! Bu futbol va unda nazariy favoritlar ro'l o'ynashmaydi doim ham...

27. GOL! Fede Valverdedan dubl! Vinisiusning uzatmasi rekoshetga uchrab to'p Fedega keldi, urugvaylik futbolchining zarbasi golga aylandi!

23. Qiziq fakt! Kurtua ECHLning joriy mavsumida ikkinchi asistini amalga oshiribdi.

21. Dahshat o'yin, zo'r temp, buyog'iga Gvardiola va uning shogirdlari nima qiladi, qiziq!

20. GOL! Valverde hisobni ochdi! Fede katta tezlikda oldinga yurish qildi, himoyachi va darvozabonni aldab o'tdi hamda bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi! 

19. Bernardudan xavfli zarba! To'p darvoza yonginasidan o'tib ketdi...

13. Yana chapdan hujum "Siti"da, bu safar to'pni O'Rayli uzatdi, yana zarba berishga hech kim yo'q.

8. Donnarummadan seyv! Braim o'ziga uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, "Siti" darvozaboni qaytardi!

8. Yana Doku, yana pas, bu safar ham darvozaga zarba berilmadi...

7. Doku to'pni erlatib jarima maydonchasi markaziga uzatdi, biroq yakuniy zarbani beradigan futbolchi topilmadi.

6. Semenodan zarba! Erlatib tepilgan to'pni Kurtua ushlab oldi.

3. O'yin faol boshlandi, avvalo "Real", keyin "Siti" oldinga o'tdi, ammo xavfli bo'lmadi hujum.

1. O'yin boshlandi!

- Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni ECHL 1/8 final doirasidagi "Real" — "Manchester Siti" uchrashuvining matnli translyaciyasini kuzatib borishga taklif qilamiz!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar