Pepi APLga ko‘chib o‘tadigan bo‘ldi

  • Mr.NoBoDy18.03.2026 12:39
  • 15
  • 30

Londonning «Fulxem» klubi va Eyndxovenning PSV jamoasi hujumchi Rikardo Pepining yozgi transferi borasida kelishuvga erishishdi. Insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, klublar o‘rtasida futbolchi bo‘yicha og‘zaki kelishuv mavjud. «Dala hovli egalari» ushbu transfer uchun 36 million yevro to‘lashadi.

Pepi 23 yoshda. Amerikalik futbolchi bundan uch yil avval «Augsburg»dan o‘tganidan so‘ng PSV o‘yinchisiga aylangan edi. U Texasning «Dallas» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Joriy mavsumda hujumchi PSV safida 27 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol muallifiga aylandi. Transfermarkt portali Pepini 25 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar