«Atletiko» «Bryugge» hujumchisiga xaridor bo‘lmoqda

  • Mr.NoBoDy18.03.2026 12:13
  • 9
  • 30

«Bryugge» hujumchisi Nikolo Tresoldi shu yozda klubini o‘zgartirishi mumkin. 21 yoshli futbolchiga «Atletiko» Madrid da’vogarlik qilmoqda, deb yozadi fichajes.net nashri.

Mish-mishlarga ishonilsa, futbolchiga nafaqat madridliklar, balki «Arsenal» va «Barselona» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

«Atletiko» rahbariyati kelayotgan yozgi transfer oynasida hujum chizig‘ini albatta kuchaytirish kerak deb hisoblaydi, shu sababli bozordagi turli variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Ta’kidlanishicha, Tresoldining o‘yin uslubi «Atletiko» bosslarini (rahbarlarini) to‘liq qanoatlantiradi.

Transfermarkt portali Tresoldini 13 million yevroga baholamoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar