Laporta: "Reshford va Kanseluni jamoada olib qolish uchun bor kuchimizni ishga solamiz"

  • Mr.NoBoDy17.03.2026 14:39
  • 21
  • 30

"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta jamoaning joriy tarkibidagi yetakchilar va ularning kelajagi borasida to‘xtalib o‘tdi. Klub rahbari ayniqsa Markus Reshford va Joau Kanseluning o‘yinlaridan mamnun ekanini yashirib o‘tirmadi.

"Markus Reshford assistlari va gollari bilan a’lo darajada o‘ynamoqda, xuddi Joau Kanselu kabi. "Barselona" manfaatlarini inobatga olgan holda, biz Markusni jamoada olib qolish uchun bor kuchimizni ishga solamiz", — deya ta’kidladi Laporta.

Prezidentning bu bayonoti kataloniyaliklar yozgi transfer oynasida ushbu futbolchilarning transfer huquqini to‘liq sotib olish yoki ijara muddatini uzaytirish bo‘yicha faol ish olib borishini anglatadi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar