
"Manchester Siti" "PSJ" yulduzi Usmon Dembele uchun transfer poygasidan chiqdi.
MediaFoot nashri xabariga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi uchun kurashda hozirda faqat "Chelsi" qolgan.
Parijliklar agarda Dembele bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmasa, "aristokratlar" futbolchiga yaxshi taklif bilan chiqishga tayyor.
Usmon joriy mavsumda 27 ta o‘yinda 12 ta gol urib, 7 ta assist amalga oshirdi.